Skip to Content

Softy kompaniyasi GITEX Global 2025 texnologiya ko'rgazmasida ishtirok etdi​


2025 yil 13–14 oktabr kunlari, Softy kompaniyasi rahbari Umidjon Fatullayev
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo'lib o‘tgan GITEX Global 2025 xalqaro texnologiya ko'rgazmasida ishtirok etdi.

Dunyoning eng yirik IT va innovatsiya tadbirlaridan biri hisoblangan GITEX Global har yili sun'iy intellekt, raqamli iqtisod, aqlli shaharlar, kvant texnologiyalari va startap ekotizimlari sohalaridagi eng so'nggi yutuqlarni namoyish etadi. Bu yilgi tadbirda 180 dan ortiq mamlakatdan 6 800 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etdi.

Softy kompaniyasi vakili sifatida Umidjon Fatullayev xalqaro IT hamjamiyati vakillari, startap asoschilari va texnologiya yetakchilari bilan uchrashuvlar o'tkazdi hamda sun'iy intellekt, bulutli xizmatlar va innovatsion boshqaruv tizimlari bo'yicha qimmatli tajriba orttirdi.

Mazkur ishtirok Softy kompaniyasining xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish, O‘zbekiston IT bozoriga ilg'or texnologiyalarni joriy etish, va kompaniyaning raqamli yechimlari va xizmatlari sifatini yanada oshirish yo'lida muhim qadam bo'ldi.